Shanba va yakshanbadagi kuchaytirilgan karantindan so‘ng...

Ko‘chaga chiqsang, avtomobillar shunchalik ko‘pki, tirbandlik, mashinalarning to‘xtovsiz signali, sabrsiz yoki bemor olib ketayotgan haydovchilarning qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishi, svetofor ishoralariga amal qilmasligi har qanday sog‘lom kishining ham asabini buzadi.
Bozor har qachongidan ham odamlar bilan to‘lib toshgan. Ijtimoiy masofa, shaxsiy gigiyena bu yerda “begona”. Bozor ichida oz bo‘lsa-da, tartib bor. Ammo bozor atrofi, yo‘laklardagi ko‘cha savdosini tizginlash oson emas.
Shifoxonalarda ham shu ahvol. Odatda, dushanba kuni tibbiyot muassasalariga murojaat qiluvchilar hamma vaqt ham ko‘p bo‘lgan. Lekin bugun karantin bo‘lishiga qaramay, shifoxonalarga murojaat qiluvchilar ko‘paygan. Nachora, issiq jon.
Endi o‘ylab ko‘ring, mana shunday vaziyatda ikki kunlik kuchaytirilgan karantinning foyda-yu zarari nechog‘lik?