Shandun televideniyesi "Ruxsor" bilan hamkorlik qiladi

O‘tayotgan haftada Samarqandda mehmon bo‘lgan Xitoyning Shandun provinsiyasi delegatsiyasining muzokaralari davomida provinsiya televideniyesi Farg‘ona viloyatidagi "Ruxsor" teleradiokanali bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi. 

Endi Marg‘ilondagi “Ruxsor” TRK ko‘rsatuvlari Xitoyning Shandun televideniyesi orqali ham namoyish qilinadi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi esa loyiha tashabbuskori sifatida ijodiy munosabatlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘. Xudoyberdiyev.