Sharof Ubaydullayev: “Yo chinakam to‘rtinchi hokimiyat bo‘lamiz, yo ...” (video)

“Dilda darding bo‘lmasa, dardi sirimni kavlama” deya bu dunyodan fig‘on bilan o‘tgan Boborahim Mashrab baribir haq. 

Ijodning onasi ham – dard. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bu galgi “Gurung”ga chorlagan suhbatdoshimiz – O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, faxriy jurnalist Sharof Ubaydullayev bo‘ldilar. U kishining ko‘ngil dardlariga quloq berdik.