Shavkat Mirziyoyev: Ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat endi bizga havodek kerak
Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitet filiallari ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 baravar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi.
Bog‘chadan to oliy o‘quv yurtigacha ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun, avvalo, ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak.
Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Oliy ta’lim tizimida qilgan xatolarimizni to‘g‘irlashning vaqti-soati keldi. Takror-takror aytaman, ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat endi bizga havodek kerak.
Sharq donishmandlari aytganlaridek, “Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm. Eng katta meros - bu yaxshi tarbiya. Eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir”.