Shavkat Mirziyoyev shu hafta Xitoyga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy haftaga mo‘ljallangan ish rejasida qator tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Taqdimot va yig‘ilishlarda investitsiya sohasi, hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, boshqaruv kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish, hududlardagi ekologik holatni yaxshilash va boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Hafta yakunida davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi.