Shaxmat: 16 yoshli Umida Omonova - jahon chempioni, 12 yoshli Humoyun Bekmurodov - kumush medal sohibi
- 03.05.2022 06:44
- 229
- Sport
Gretsiyaning Rodos shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida yakunlangan jahon chempionatida o‘zbekistonlik ikki nafar iqtidor sohibi shohsupadan joy oldi.
Jahon chempionatida dunyoning 40 davlatidan 330 nafardan ortiq yosh shaxmatchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston sharafini uch nafar yosh shaxmatchimiz himoya qildi. Humoyun Bekmurodov(12 yosh), Olmos Rahmatullayev (16) va Umida Omonova (16) yosh.

Quvonarlisi, Surxondaryo shaxmat maktabi vakili Umida Omonova o‘z yosh toifasida jahon chempioni bo‘ldi. Toshkent shahri vakili Humoyun Bekmurodov esa kumush medal sohibiga aylandi.
Husan Karvonli.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nafrat tili yoki o‘yin ortidagi bahslar, haqoratlar
- Bugun, 17:29
- Sport
Ona-yurt qalqoni, tinchligimiz posboni
- Bugun, 17:06
- Samarqand
Migrantlarsiz Moskva qorga ko‘mildi
- Bugun, 15:22
- Xorij
Nega direktorlik o‘rinlari bo‘sh?
- Bugun, 15:17
- Ta’lim