Shaxmat bo‘yicha DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i kubogi bahslari boshlandi

Samarqand tumanidagi "Konigil" turizm qishlog‘ida shaxmat bo‘yicha viloyatdagi jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 10-30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida «DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi-2025» musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari H.To‘xtayev, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari K.Bayzakov so‘zga chiqib, bu kabi musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirishga qaratilganini ta’kidladi va yoshlarga omad tiladi.
Musobaqa shaxsiy birinchilikda shveysarcha tizimda 7 turda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning har biriga 10 daqiqadan vaqt beriladi. Har bir yurishga 2 soniya qo‘shib boriladi. Ko‘zi ojiz o‘yinchilar uchun vaqt nazorati 13+2 etib belgilanadi. Ishtirokchilarninng har bir g‘alaba qozongan partiyasi uchun 1 ball, durrang uchun 0,5 ball, yengilgan partiyasi uchun 0 baldan hisoblanadi.
Musobaqaning g‘oliblari turlarda to‘plagan ballarning ko‘pligi bo‘yicha aniqlanadi.