ShHT Samarqand sammiti kun tartibida iqlim o‘zgarishi masalasi muhokama qilinadi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishida “Iqlim o‘zgarishiga qarshi choralar ko‘rish to‘g‘risida”gi Bayonot loyihasi muhokama qilinib, kelishib olindi.

“ShHT doirasida bu boradagi bayonot birinchi marta qabul qilinmoqda. Bu Tashkilotning mintaqaviy va global iqlim muammolarini shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirokchi bo‘lish istagi va tayyorligini ko‘rsatadi. Xususan, hujjatda ShHTga a’zo davlatlarning ushbu sohadagi asosiy xalqaro-huquqiy mexanizmlari – BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi va Parij kelishuvi qoidalarini samarali amalga oshirish masalalariga umumiy yondashuvlari aks ettirilgan”, dedi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov.