Baxtibekning shifo topishi yaxshilar yordamiga bog‘liq

Ishtixonning Xalqobod mahallasida istiqomat qiluvchi Murod Qo‘chqorov va Nargiza Mamatovalar mana sakkiz yildirki, tug‘ma miya falaji bilan tug‘ilgan farzandi Baxtibek O‘tayevni parvarishlaydi. Muolajalarga ketadigan mablag‘lar bu oilani ancha qiynab qo‘ygan. Baxtibek faqat o‘tirib harakatlanadi. Agar yaxshiroq parvarish bo‘lsa uning aqliy, jismoniy rivojlanishida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin ekan. Ayni paytda shifokorlar bolani davolash to‘xtatib qo‘yilsa ahvoli yomonlashishini aytayotgan ekan. Shuning uchun oila yaxshilar yordamiga juda muhtoj. Baxtibekning shifo topishiga yordam qilmoqchi bo‘lganlar oilaning quyidagi plastik kartasiga mablag‘ tushirishlari mumkin. 

Plastik raqami: 8600 0609 2281 1758

Hamyurtlarimiz Navro‘z arafasida qiynalganlar holidan xabar olishni, ularga yordam qo‘lini cho‘zishni odatga aylantirgan. O‘ylaymizki, umid bilan, istihola bilan bizga plastik kartasini ko‘rsatgan bu oiladan saxovatpesha kishilar beminnat yordamini ayamaydi.