Shifokorlar OIV infeksiyasidan dori-vositalarisiz xalos bo‘lgan birinchi inson haqida ma’lum qildi
Mutaxassislar OIV infeksiyasidan noyob tarzda davolanish holati haqida xabar berdi. Bu haqda 27 avgust kuni “Vzglyad” gazetasi ma’lum qildi.
Massachusets texnologiyalar instituti va Garvard instituti tadqiqotchilari bergan ma’lumotga ko‘ra, 1992 yilda OIV tashxisi qo‘yilgan ayol, ehtimol hech qanday davolanishlarsiz infeksiya ustidan g‘alaba qozongan. 66 yoshli Lorin Uillenberg virusni mustaqil yo‘q qilishga qodir kam uchraydigan xususiyatga ega. Uning organizmi infeksiya bilan tabiiy kurash olib bora oladi.
Bemorning o‘zi hech qachon virusga qarshi davolanmaganini ta’kidlamoqda. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlar yigirma yildan buyon bemor salomatligini nazorat qilib kelishgan va so‘nggi test tahlillari Uillenberg organizmida hech qanday OIV izlari mavjud emasligini ko‘rsatgan.
So‘nggi texnologiyalar yordamida bemorning 1,5 milliard qon xujayralari tekshirilganda virusning kichik zarrachalari aniqlandi. Biroq shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Uillenbergning immun tizimi ularning ko‘payishiga to‘sqinlik qilgan.
Bugungi kunga qadar OIV infeksiyasidan ikki nafar tuzalish holati qayd etilgan. Bular amerikalik Timoti Ree Braune va Adam Kastilexo. ularning ikkisi ham tibbiy muolajalar yordamida shifo topishgan.