Shimoliy Dakotada oktyabrda koronavirusdan vafot etgan nomzod shtat saylovlarida g‘olib bo‘ldi

Respublikachi Devid Andalga COVID-19 tashxisi qo‘yilib, 5 oktyabr kuni 55 yoshida vafot etgan edi. Lekin uning nomzodi saylovda g‘alaba qozondi.

Chunki o‘limidan bir necha hafta muqaddam muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlangan edi. Siyosatchi vafot etganida ovoz berish jarayoni ayni qizg‘in pallasida bo‘lib, byulletenlarni o‘zgartirish imkoniyati bo‘lmagan, deb yozadi The Independent nashri.
Andal qariyb 38 % ovoz olgan. Endi respublikachilar Andalning o‘rnini kim egallashi to‘g‘risida qaror qabul qilishlari zarur.