Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomon 200 ta snaryad tashladi. Janubiy Koreya evakuatsiya e’lon qildi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegara yaqinida yuzlab artilleriya o‘qlarini otgach, Janubiy Koreya ikki oroli aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha buyruq bergan, deb xabar beradi Seul. Janubiy Koreya bu kabi harakatlar tinchlikka tahdid solayotganini aytib, qasos olish bilan tahdid qilmoqda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, snaryadlar Sariq dengizga ikki davlat o‘rtasidagi amalda chegara bo‘lgan Shimoliy demarkatsiya chizig‘i deb ataladigan hududga tushgan.

“Bu Koreya yarim orolida tinchlikka tahdid soladigan provokatsion harakatdir. Shimoliy Koreya inqirozning kuchayishi uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va biz ularni bu harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz”, - deya qo‘shimcha qildi Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi.
2010 yilning noyabrida Pxenyan Yonpxyondo oroliga 170 ta artilleriyadan o‘q uzgan, natijada to‘rt kishi, jumladan, ikki tinch fuqaro halok bo‘lgan edi. Bu Shimoliy Koreyaning Koreya urushidan keyin tinch aholi hududiga birinchi hujumi bo‘ldi.