Sinfxonalar issiq, ammo davomat past

Samarqand shahridagi 6-umumta’lim maktabi 460 o‘rinli bo‘lib, unda ikki navbatda 910 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Bugun maktabga birinchi navbatda 550 nafar o‘quvchidan 100 nafardan ortig‘i, ikkinchi navbatda 360 nafar o‘quvchidan 80 nafari darsga kelgan.

O‘qituvchilar ham dars jadvali asosida birinchi navbatda ularning 23 nafari, ikkinchi navbatda 18 nafari o‘quvchilarga dars o‘tgan.

- Bugun barcha maktablarda o‘quvchilarning davomati yaxshi emas, - deydi maktab direktori Shahlo Yusupova. – O‘quvchilarning darsga kelmasligi hamma sinfxonalar ham isitilmayapti degani emas. Buning asosiy sababi havoning keskin sovib ketishidir. Ta’til berilishiga qaramay bizning maktabda isitish tizimi o‘chirilgan yo‘q, xonalar odatdagidek isitilmoqda.