Singapur parlamenti spikeri Sea Kian Peng: "Xalqaro biznes aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish niyatidamiz"

2-3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun kelgan Singapur parlamenti spikeri Sea Kian Peng boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘lib turibdi.

- O‘zbekiston va Singapur 30 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda va bu aloqalar uzoq vaqt davom etishiga ishonaman, - deydi Sea Kian Peng. – Xususan, Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun 25 dan ortiq kompaniyalarimiz vakillaridan iborat delegatsiyasi mamlakatingizda bo‘lib turibdi. Forumda yangi shartnomalarni imzolash va ikki davlat o‘rtasida xalqaro biznes aloqalarni yanada mustahkamlash niyatidamiz. Forum oldidan Samarqanddagi uzoq o‘tmish va bugun mujassam tarixiy obida va yodgorliklarni ziyorat qildik va bu bizda katta taassurot qoldirdi.