Singapurda COVID-19 belgilarini aniqlashda yordam beruvchi maxsus uzatma tayyorlandi
Singapurlik olimlar COVID-19 bilan kasallanish belgilarini qayd etish imkonini beruvchi maxsus uzatmalar tizimini ishlab chiqdi. Uni oddiy niqobga ham joylashtirsa bo‘ladi. Bu haqda Straits Times nashri xabar berdi.
Mutaxassislar maxsus “monitoring tizimini” ishlab chiqdilar. Uning uzatmalari tana harorati, qonning kislorod bilan boyitilganlik darajasi, arterial qon bosimi va yurak urish tezligi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib turadi. Mazkur ko‘rsatmalar asosida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik to‘g‘risida xulosa qilish imkoni paydo bo‘ladi.
Professor Lo Syan Szyunning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizimni ko‘p martalik yoki bir martalik niqobning yuz bilan tutashadigan qismiga joylashtirish mumkin. Nazariy jihatdan chip joylashtirilgan niqobni yuvsa ham bo‘ladi.
Shuningdek, “aqlli niqoblar”ni kasalxonalarda, koronavirus bilan kasallangan bemorlar ko‘rsatkichlarini masofadan turib nazorat qilish uchun ham qo‘llasa bo‘ladi.
Tadqiqotchilar o‘z ixtirolarining klinik sinovlarini sentyabr oyining oxirida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Laboratoriya sharoitida bitta tizimni ishlab chiqarish 50 Singapur dollari (36,5 AQSh dollari atrofida) atrofida mablag‘ talab qilmoqda. Biroq ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilsa, bitta niqobning narxi 20 Singapur dollari (14,6 AQSh dollari) atrofida bo‘lishi aytilmoqda.