Singapurda ilk marotaba o‘lim hukmi sud tomonidan onlayn videomuloqot tarzida o‘qildi
- 20.05.2020 22:30
- 137
- Xorij
Singapur sudi ilk marotaba sudlanuvchini Zoom videomuloqot dasturi orqali o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Straits Times nashri ma’lum qildi.
37 yoshli Malayziya fuqarosi Punitan Genasan sud hukmiga binoan geroin naroktik moddasi savdosi bilan shug‘ullanganlikda aybdor, deb topildi va osishga hukm qilindi. Sud hukmi videomuloqot orqali eshittirildi.
Singapur qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalari savdosi bilan shug‘ullanish, ularni iste’mol qilish va saqlash o‘ta qattiq jazolar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, so‘nggi o‘n yillikda narkotik bilan bog‘liq moddalar bilan sudlangan yuzlab fuqarolar va chet el fuqarolari osishga hukm qilingan va hukm ijroga yo‘naltirilgan. Xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkilotlari Singapur hukumatining bunday qattiq choralar qo‘llashini ortiqcha shafqatsizlik, deb hisoblaydi.