Halima Yaqub Islom olamining qutlug‘ ziyoratgohida

Singapur Prezidenti Halima Yaqub Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish bilan boshladi.

Buyuk muhaddis haqiga Qur’on tilovat qilindi.
Oliy martabali mehmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangidan bunyod etilayotgan mazkur majmuadagi qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi. Ziyoratchilar uchun majmua va uning atrofida yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar, ziyorat turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Halima Yaqub xonim Islom olamida muhaddislar sultoni deb e’tirof etiladigan Imom Buxoriy majmuasini obod qilish bilan bog‘liq ishlarga yuksak baho berdi.