Singapur hukumati mamlakat tarixidagi eng yirik danga tutqanog‘i xurujiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Singapur hukumati mamlakat tarixidagi eng yirik danga tutqanog‘i xurujiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 2020 yilning boshidan buyon kasallanganlar soni 14 ming nafardan oshib ketdi. Bu haqda The Straits Times nashri xabar berdi.

Singapur atrof-muhit agentligi taxminiga ko‘ra, joriy yilda kasallanganlar soni 22 ming nafardan oshadi.

Kasallik mavsumi may oyidan sentyabr oyigacha bo‘lishiga qaramasdan, joriy yilning o‘zida kasallik oqibatida 16 ming nafar o‘lim holati qayd etildi.

Shifokorlar kasallik xurujini qisman koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin bilan bog‘lamoqda. Biroq danga tutqanog‘i tashuvchisi hisoblangan pashsha uyda o‘tirgan odamlar bilan ko‘proq muloqotga kirishishini isbotlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil mavjud emas.

Danga tutqanog‘i o‘tkir virusli kasallik hisoblanadi. Mazkur kasallik oqibatida har yili 20 mingga yaqin odam vafot etadi.