Siz bu haqda bilarmidingiz?
-Tishlaringizni tozalash vaqtida yo‘q qilingan bakteriyalarni o‘n daqiqa chaynalgan oddiy saqich bilan ham yo‘qotish mumkinligidan xabaringiz bormi?
-Dubay (BAA) shahridagi jahonning eng qimmat favvorasi qurilishiga 218 million AQSh dollari sarflangan. Shuningdek, u Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan yer yuzidagi eng katta fontan hisoblanadi.
-Pushti barsuchok nomli kichkinagina qushcha 4 ming kilometr masofani to‘xtamasdan uchib o‘tishi mumkin ekan. Agar u yo‘l oldidan 23 gramm og‘irlikda bo‘lgan bo‘lsa, marraga kelganida bor-yo‘g‘i 9 gramm tosh bosar ekan.
-Shimoliy yarim shar «qiroli» - oq ayiq 30 kilometr uzoqdagi odamning hidini olish bilan birga, soatiga 40 kilometr tezlik bilan yugura olarkan.
-AQSh tibbiyotchi olimlarning sabzi ustida o‘tkazgan tajribalariga ko‘ra, u inson miyasi to‘qimalari buzilishi va keksayish jarayonining oldini olar ekan.
-Abazin tilining fonetikasi juda murakkab bo‘lib, agar uni bolalikdan o‘rganib borilmasa, katta yoshda uni bilishning umuman iloji bo‘lmas ekan.