Siz har kuni to‘g‘ri ovqatlanyapman deb o‘ylayapsizmi?

Ciz har kuni ertalabki nonushtada nimalar iste’mol qilasiz? Shirin choy, sariyog‘ va qovurilgan tuxum dasturxoningizdan o‘rin olgan, shundaymi? Tushlikda-chi? Albatta quyuq taomlardan tanovul qilasiz. Kechki nonushtada ham oila davrasida yog‘liqqina palovxonto‘rani paqqos tushirib, keyin, yotib dam olishni istaysiz.

Xo‘sh, aslida siz to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanayapman deb o‘ylaysizmi? Cizning-cha, inson uchun kundalik ovqatlanish tartibi qanday bo‘lishi kerak?     

YuNESKO mutaxassislari tomonidan O‘rta yer dengizi atrofida yashovchilarning  kundalik ovqatlanishi butun dunyo aholisi uchun eng maqbul hayot kechirish va ovqatlanish tarzi sifatida belgilab olingan. O‘rta yer dengizi parhezi deb ataladigan ushbu taomnoma kundalik sog‘lom ovqatlanish formulasi sifatida e’tirof etiladi. Tibbiyotchi olimlar uni atroflicha o‘rganib, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, xavfli o‘smalar va tanadagi zararli xolesterin miqdorini kamaytirib, bartaraf etadi, degan xulosaga kelishgan.

Ushbu parhezga amal qiluvchilar kundalik ovqatlanish ratsioni tarkibida yangi uzilgan meva-sabzovotlar, shuningdek, bo‘tqa, baliq, zaytun yog‘i ba’zida uni o‘rnini kunjut, kungaboqar va zig‘ir yog‘i bilan to‘ldirishlari mumkin.

O‘rta yer dengizi parhezi ovqatlanishning aniq qoidalarini ko‘zda tutadi:

* Tarkibida kraxmal bo‘lgan non, makaron, turli xil bo‘tqalar va kartoshkadan bo‘lgan ovqatlarni tushlikka qadar iste’mol qilish lozim.

* Tushlikdan keyin meva va sabzavotlar, uncha shirin bo‘lmagan mevalardan tanovvul qilish tavsiya etiladi.

* Qand mahsulotlarini juda chegaralangan miqdorda iste’mol qilgan ma’qul.     

* Yong‘oq, no‘xat, loviya hamda turli xil ko‘katlar kun tartibidan o‘rin olmog‘i zarur.

* Kuniga 1,5 litr toza suv ichish talab qilinadi.

 * Haftalik taomnomangizdan baliq, quyon, tovuq go‘shtidan tayyorlangan taomlar, shuningdek, tuxum, pishloq, qatiq va chakki yetarli miqdorda o‘rin olishi zarur.

Ovqat ratsioningizdan konservalangan, rangli, buyoqli, koka-kola, pepsi-kola, fanta, tarxun kabi gazli, qandli hamda spirtli ichimliklar olib tashlanishi maqsadga muvofiq. Shirinliklardan faqat asalni o‘rtacha miqdorda qabul qilsa foyda beradi. Yog‘li pishloq va sariyog‘ni cheklagan ma’qul.

O‘rta yer dengizi parhezi asosan - muntazam ravishda jismoniy mashq, faol dam olish va toza havoda ko‘proq vaqtni o‘tkazish bilan olib boriladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ma’qullanib, butun jahon merosi sifatida YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan parhezga amal qiluvchilar o‘rtacha 90 yosh umr ko‘rishadi. Ular o‘rtasida gipertoniya (xafaqonlik), yurak-ishemik kasalliklar, shuningdek, insult, qandli diabet va xavfli o‘smalar kam uchraydi. 

Mazkur parhezni piramida ko‘rinishi qo‘yidagicha: 

Yaxshinor ALLAYOROV,

Samarqand davlat meditsina instituti dotsenti.