SMS yozishingizga qarab fe’l-atvoringizni aniqlang

Atrofdagilarda qaysi harakatni ko‘p uchratamiz? Albatta, telefoniga tikilib, SMS terayotgan odamlarni. Mazkur test yordamida SMSni qanday terishingizga qarab xarakteringizni aniqlaymiz. Buning uchun quyidagi rasmlardan birini tanlang:

1. Lider inson

1 rasm

Jahlingizni chiqarish qiyin, ammo hayotdan nima xohlashingizni aniq bilasiz. Boshqalar uchun foyda keltirishini bilsangiz, og‘ir ishlar sizga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Atrofdagilar sizni yetakchilik qobiliyatingiz uchun hurmat qilishadi va qadrlashadi.

2. Pozitiv inson

2 rasm

Barchaga do‘stona munosabatingiz sizga yangi marralarni zabt etishga yordam beradi. Siz uchun jamiyatdagi hayot muhim o‘rin egallaydi. Ammo ayrim paytlarda o‘zingizga ko‘p ishonasiz. O‘zingizga bo‘lgan kuchli ishonch sabab atrofdagilarga pozitiv ta’sir ko‘rsatishga harakat qilasiz.

3. G‘oyalarga boy

3 rasm

Siz yorqin, ammo shu bilan birga muammoli shaxssiz. Muammolar yechimiga noodatiy yondashasiz va har soniyada sizdan million g‘oyalarni kutish mumkin. Siz bir xillikdan tez charchaysiz va zerikarli odamga aylanasiz. O‘zingizni baxtli his etish uchun sizga doim yangi taassurotlar kerak bo‘ladi.

4. Ta’sirchan va san’atsevar

4 rasm

Siz atrofingizdagi go‘zallikdan zavqlanishni bilasiz. Ammo atrofdagilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda qiynalasiz. Ichki hissiyotingizni boshqalarga namoyon qilishdan uyalasiz, shu sababli har bir noqulay vaziyatdan tashvishlanasiz. Sizning do‘stlaringiz ko‘p bo‘lmasa-da, ayrimlari bilan mustahkam ishonchli munosabatlaringiz bor.