Sobiq Prezident Amerika xalqini mamlakatda nafratni targ‘ib etuvchi yetakchidan voz kechishga chaqirdi

Prezident Donald Tramp hafta davomida sodir bo‘lgan bir qator dahshatli otishmalar uchun ko‘p narsalarni ayblashga harakat qildi. Bu haqda Human.uz xabar beryapti.

U zo‘ravon video o‘yinlarni, ruhiy kasalliklarni, internetni va zo‘ravonlikni rag‘batlantiradigan madaniyatni millatchilik va nafratni rivojlantirishiga olib keluvchi omillar deb aytib o‘tdi.

Prezident Tramp El-Pasoda 22 kishini o‘ldirgan oq tanli millatchi xush ko‘radigan irqchilikka moyil gaplarini ishlatganidan tonmoqda.

U madaniy o‘zgarishlarni va ruhiy salomatlik qonunlarini yangilashga va ommaviy otishmalarga qarshi o‘lim jazosini joriy etishga va’da berdi. Ammo qurollarga yangi cheklovlar taklif qilmadi.

AQShning sobiq Prezidenti Barak Obama amerikaliklarni mamlakatda nafrat urug‘larini ekuvchi yoki irqchilikka oddiy ko‘z bilan qarovchi rahbarlaridan voz kechishga chaqirdi.

Obama hech kimni shunday rahbar deb ko‘rsatmagan edi. Biroq sobiq Prezidentning bu izohi Donald Trampning anti-immigratsion ritorikasi zo‘ravonliklarga turtki bo‘layotgani haqidagi tanqidni rad etishga urinishidan keyin paydo bo‘ldi.

Hokimiyatda bo‘lgan paytlarda Obama qurol-yarog‘ni cheklash uchun muvaffaqiyatsiz kurashdi. U BBCga 2015 yilda bergan intervyusida aytishicha, uning qurollar xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qila olmagani, uning prezidentlik davridagi eng katta muvaffaqiyatsizlik ekanini aytgan.

Prezidentlik saylovlari arafasida Janob Tramp meksikalik muhojirlarni qotil va zo‘ravon deb atagan edi.

Yaqinda u AQSh Kongressi a’zosi hisoblangan to‘rtta oq tanli bo‘lmagan ayolni qayerdan kelgan bo‘lsa o‘sha yerga qaytib jinoyatga to‘la davlatlari haqida qayg‘ursin deya Tvitterdagi sahifasida izoh qoldirgan va bu ko‘pchilikning jiddiy tanqidiga sabab bo‘lib, prezident irqchilikda ayblangan edi.