“Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim”

Shu shior ostida Samarqand shahridagi sportning o‘yin turlari yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida Mustaqilligikning 32 yilligiga bag‘ishlab Samarqand shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan tashkil etilgan sport bellashuvi shaxmat, shashka, stol tennis hamda dars turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarni o‘tkazishdan asosiy maqsad mehnat jamoalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda u bilan doimiy hamnafas bo‘lish istagini yuksaltirish hamda jamoalar o‘rtasidagi do‘stona muhit darajasini yanada oshirishdan iborat.

Musobaqalarda shahar maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan 200 nafardan ortiq xodimlar o‘zaro bellashishdi.

Qizg‘in kurashlardan so‘ng yakuniy natijalarga ko‘ra, shaxmat turidan ayollar o‘rtasidagi bahsda 33-MTT tarbiyachisi J.Xudayberdiyeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin 122-MTT tarbiyachisi N.Nosirovaga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni 120-MTT tarbiyachisi M.Ayubova egalladi.

Stol tennesi bo‘yicha ayollar o‘rtasida birinchi o‘ringa 48-MTT tarbiyachisi S.Jumaniyozova egallik qilgan bo‘lsa, 77-MTT tarbiyachisi K.Sharipova ikkinchi o‘rinni band qildi. 36-MTT tarbiyachisi F.Qurbonova uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Sportning dars turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida birinchi o‘rinni 20-MTT tarbiyachisi N.Djurayeva egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 33-MTT tarbiyachisi M.Karimova hamda 73-MTT tarbiyachisi L.Abdujabborova qo‘lga kiritdi.

Shashka turidan 81-MTT tarbiyachisi U.Hasanovaga teng keladigani topilmadi. Ikkinchi o‘rinni 115-MTT tarbiyachisi G.Islomova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin 95-MTT tarbiyachisi B.Arziqulovaga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Baxrom MAXMATQULOV.