Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga muvofiq, soliq organiga deklaratsiya topshirish orqali kontrakt to‘lovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin
Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.
Soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning, shu jumladan, ta’lim krediti va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni qaytarish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning quyidagi qismlari bo‘yicha qo‘llaniladi:
👉 soliq to‘lovchining yoshidan qat’i nazar o‘zining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar;
👉 soliq to‘lovchining yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar;
👉 soliq to‘lovchining yigirma olti yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar.
👩🏻💻 Ta’lim uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda soliq chegirmasi taqdim etiladi:
- o‘z mablag‘lari;
- jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
- yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
- to‘lov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin (27.05.2010 yil Adliya Vazirligidan 2107-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom).
❗️Bunda, soliq chegirmasi OTMda o‘qish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.
👩🏻💻 Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
👉 talaba bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉 tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
👉 oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
👉 pasport nusxasi va ta’lim oluvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
❗️Soliq chegirmasi davlat soliq xizmati organlari orqali jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish yo‘li bilan hamda soliq to‘lovchining yozma arizasiga binoan to‘lov manbaida — ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.
❌ Aka-uka, opa-singil, amma-xola, amaki-tog‘a, vasiy va boshqalarning ta’limi uchun to‘lovlarda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi.
👩💻 Eslatib o‘tamiz, jami yillik daromadingiz to‘g‘risidagi deklaratsiyani soliq inspeksiyasiga shaxsan tashrif buyurish yoki pochta orqali buyurtma xatda yuborish yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin.