“Soliq-servis”da 142 ta murojaatga yechim topildi
“Soliq-servis” davlat unitar korxonasi Samarqand shahar filiali tadbirkorlik sub’yektlarining hisobotlarini tayyorlashi va topshirishida amaliy ko‘maklashish, byudjet bilan munosabatlarni tartibga solish, elektron hisob varaq-fakturalarni yuritish qoidalari bo‘yicha o‘qitish, ularga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini yetkazish bilan bog‘liq o‘nlab xizmatlar bo‘yicha tadbirkorlarga amaliy ko‘mak bermoqda.
Korxona tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida yuridik va jismoniy shaxslardan jami 142 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar joyida qanoatlantirilib, yuridik va jismoniy shaxslarning savollariga batafsil javob berilyapti.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida nafaqat soliq xizmati organlari faoliyati takomillashmoqda, balki soliq sohasiga yangicha yondashilmoqda.
Bekmirza Axmedov,
“Soliq-servis” DUKning
Samarqand shahar filiali
bosh mutaxassisi.