So‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Markaziy bank tomonidan milliy valyuta «So‘m ramzi»ni yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.
Tanlov O‘zbekiston milliy valyutasi - so‘mning moliya bozorida xalqaro nufuzini oshirish va keng jamoatchilik o‘rtasida tanilishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tanlovda mamlakat milliy valyutasini xalqaro miqyosda o‘ziga xosligi, xalqning madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.
Unda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 2022 yil 31 martga qadar arizalarni, o‘z g‘oyalari tasviri va konsepsiyasi bilan birgalikda tanlov@cbu.uz elektron manziliga yuborishlari kerak.
G‘olibga Markaziy bank tomonidan pul mukofoti taqdim etilishi ma’lum qilindi. Tanlov qoidalari bilan bu yerda tanishish mumkin.