So‘nggi ikki yilda 382 nafar mansabdor pora olish bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan

Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Karimjon Musashayxovning ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki yilda (2021-2022 yillarda) 486 nafar shaxs pora olish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilgan.

Ularning 15 nafarini nodavlat tashkilotlar mansabdor shaxsi, 88 nafarini davlat organlari xizmatchisi va 382 nafarini davlat organlari mansabdor shaxsi tashkil qilgan.

Jinoyat sodir etganlarning 62 nafari maktabgacha ta’lim, 53 nafari sog‘liqni saqlash, 49 nafari xalq ta’limi, 30 nafari elektr va gaz ta’minoti korxonalari, 25 nafari nodavlat tijorat tashkiloti, 20 nafari qishloq va suv xo‘jaligi, 15 nafari mahalliy hokimiyat, 14 nafardan soliq, kadastr, 13 nafardan bandlik, transport, ekologiya, 8 nafardan moliya, agroinspeksiya, 7 nafari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, 6 nafardan oliy ta’lim, madaniyat, qurilish, mudofaa, 5 nafari bank, 3 nafari iqtisodiyot va 43 nafarini boshqa soha xodimlarini tashkil qilgan.