So‘rovnoma natijalari: 65 foiz ishtirokchilar tug‘ruqxonalarda suyunchi puli talab qilinayotganini bildirdi
Kanalimizda “Tug‘ruqxonalarda hozir ham suyunchi puli talab qilinyaptimi?” savoli bilan so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.
Bir yarim mingdan ziyod o‘quvchilar mazkur savol yuzasidan o‘z munosabatini bildirgan. Eng ko‘p ishtirokchilar “Ha, so‘rab oladi” javobida to‘xtalgan — 65 foiz.
Shuningdek, qatnashchilarning 17 foizi “Talab qilishmaydi, lekin o‘zimiz beramiz” degan javobni tanlagan. Yana 12 foiz respondentlar suyunchi talab qilish masalasida “Ancha kamaygan” javobini tanlagan bo‘lsa, eng kam — 6 foiz qatnashchilar “Yo‘q” javobida to‘xtalib, hozirda suyunchi talab qilinmasligini bildirgan.
So‘rovnoma ostida o‘nlab o‘quvchilar o‘zlarining fikr-mulohazalarini qoldirgan. Ulardan bilish mumkinki, tug‘ruqxonalardagi tibbiy xizmat va suyunchi masalasida hali-hamon ko‘pchilik salbiy taassurotga ega. Misol uchun, bir qator foydalanuvchilar, tug‘ruqxonalarda “suyunchi” puli qat’iy qoida qilib olingani va ayni paytda 200 ming so‘m ekanini bildirgan.