So‘rovnoma yakunlari: O‘quvchilar Samarqanddan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlardan kimlarni faol deb topdi?
Xabaringiz bor, viloyatimizdan Parlament quyi palatasi deputatlari orasidan eng faolini aniqlashda kanalimiz tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida ochiq so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Viloyatimizdan Qonunchilik palatasiga 15 nafar deputat saylangan. Shuning uchun tadqiqot uch qism bo‘lib o‘tkazilib, har biriga 5 nafardan deputat nomi ko‘rsatildi.
Avval aytganimizdek, dastlabki so‘rovnomada eng ko‘p ovoz beruvchilar (62 foiz) ro‘yxatdagi deputatlarni tanimasligini bildirgan bo‘lsa, ro‘yxatdagi 5 nafar deputat orasidan eng ko‘p ovozni Yelena Kompolshik (“Adolat” SDP, 13 foiz) va Adham Shodmonov (O‘zLiDeP, 10 foiz) yig‘di.
Yana besh nafar deputat ishtirok etgan keyingi so‘rovnomada umumiy ovozlar soni quyidagicha bo‘ldi:
Dastlabki so‘rovnomada ham, ikkinchisida ham ishtirokchilarning 60 foizdan ortig‘i deputatlarni tanimasligini aytgan bo‘lsa, uchinchi so‘rovnoma biroz boshqacha kechdi. Mazkur deputatlarni faol deb bilgan saylovchilar nisbatan ko‘proq ekani ma’lum bo‘ldi: bunda umumiy ishtirokchilarning 65 foizi qaysidir deputatni yoqlagan. 45 foiz qatnashchilar esa hech kimga ovoz bermagan.
Ko‘rib turganingizdek, saylovchilarning ma’lum bir qismi u yoki bu deputatni bu yil faol bo‘ldi, deb hisoblaydi. Lekin baribir deputatini tanimaydigan saylovchilar ham ko‘p ekani ko‘rinib qolmoqda. Bu esa, saylovchining aybi emas, fikrimizcha.
TAHRIRIYaT.