Sport anjomlari xaridi uchun imtiyozli kredit olib, boshqa maqsadda sarflagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
- 07.04.2023 15:15
- 101
- Jinoyat va jazo
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda aniqlangan.
Aytilishicha, “Mikrokreditbank” ATB Kattaqo‘rg‘on filialidan “I.S.” oilaviy korxonasiga sport anjomlari va jihozlarini sotib olish uchun ajratilgan 220 mln. so‘m imtiyozli kreditni naqdlashtirib olib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Teglar:
talon-toroj
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa