Sport tarixidagi eng badavlat sportchilar
Sportchi bo‘lish eng qisqa davom etadigan faoliyatlardan biri hisoblanadi. Ularning faoliyati odatda 10-15 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Ba’zida turli jarohatlar yoki ko‘ngilsizliklar oqibatida sportchi bundan ham kamroq muddatda faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Shunga qaramasdan, professional sportchilik faoliyati insonga yetarlicha mablag‘ to‘plash imkoniyatini beradi. Chunki yetuk sportchining mahoratiga yuqori darajada haq to‘lanadi. Quyida Forbes jurnali tomonidan tuzilgan sport tarixidagi eng badavlat sportchilar reytingini e’tiboringizga havola etamiz.
10. Shakil O‘nil
Mashhur basketbolchi Shakil O‘nil Milliy basketbol assotsatsiyasi (NBA) tarkibida 19 mavsum o‘yin o‘tkazgan va shu davr mobaynida 292 million AQSh dollari ishlab olgan. Faoliyatini 2011 yilda tugatgan Shakil turli mahsulotlar reklamasi orqasidan qo‘shimcha daromad ko‘rgan.
Basketbolchining umumiy mablag‘i 700 million AQSh dollarini tashkil etadi.
9. Devid Bekxem
Devid futbol o‘yini orqasidan millionlab fanatlarga ega bo‘ldi. U nafaqat buyuk sportchi sifatida, balki namunali oila boshi, ko‘p farzandli oilaning otasi sifatida ham mashhur.
2013 yilda futbol faoliyatini yakunlaganidan so‘ng modellik biznesi orqasidan yanada ko‘proq mablag‘ topa boshladi. U dunyoning bir qator yetakchi brendlari bilan shartnomalar imzoladi.
Uning mablag‘i 730 million AQSh dollarini tashkil qiladi.
8. Fil Mikelson
Golf sportining amaldagi badavlat vakili. Uning daromadi nafaqat sport bilan, balki dunyoning mashhur brendlari reklamasi bilan bog‘liq.
Uning mablag‘i 760 million AQSh dollari.
7. Kobi Braytan
Faoliyatini 2016 yilda yakunlagan basketbolchi Kobi Braytan Milliy basketbol assotsiatsiyasidagi (NBA) so‘nggi mavsumlarni “Los-Anjeles Leykers” jamoasi tarkibida o‘tkazgan. Keyingi 6 mavsumda uning daromadi rekord darajaga ko‘tarildi. Bundan tashqari, uning ko‘plab reklama shartnomalari mavjud.
Kobining umumiy mablag‘i 770 million AQSh dollari.
6. Mixael Shumaxer
Zamonamizning tirik afsonasi. “Formula-1” poygalarining yetti karra jahon chempioni, ikki karra kumush medali va uch marta bronza medali sohibi. U “Formula-1”da ko‘plab rekordlar o‘rnatgan.
Afsuski, 2013 yilda poygachi baxtsiz hodisaga uchradi va hozirgi kunga qadar uning ahvol og‘ir.
Bugun “Formula-1” poygachisining iqtisodiy mablag‘i 1 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. O‘z vaqtida uning bir yillik daromadi 80 million AQSh dollarigacha yetgan.
5. Kichik Floyd Meyvezer
2015 yilda faoliyatini yakunlagan taniqli bokschi birgina, Pakyao bilan o‘tkazilgan jangda g‘olib bo‘lib, 240 million AQSh dollari miqdorida daromad olgan. Jang tashkilotchilari esa undan ham ko‘p – 600 million dollar foyda oldi.
Oxirgi ikki jangining o‘zida Floyd 300 million AQSh dollari ishlab, professional boksdagi faoliyatini yakunladi. Biroq 2017 yilda u MakGregor bilan jang o‘tkazish uchun ringa qaytdi. Meyvezer va MakGregor o‘rtasidagi jangda g‘olib bo‘lgan Floyd 100 million AQSh dollari gonorar oldi.
Ayni vaqtda sportchi 42 yoshda. U boks tarixidagi eng ko‘p haq olgan bokschi hisoblanadi. Ayni vaqtda uning mablag‘i 1 milliard AQSh dollari.
4. Jek Nikluas
Sportning golf turi bilan shug‘ullanish unga misli ko‘rilmagan daromad keltirdi. Professional golfchi o‘z faoliyatiga 2005 yilda yakun yasadi.
Uning mablag‘i 1.15 milliard AQSh dollari.
3. Arnold Palmer
U ham golfchi. O‘z faoliyatini 2006 yilda yakunlagan Arnold umrining 52 yilini ushbu sport turiga bag‘ishlagan. Golfdagi faoliyati davomida atigi 3.6 million dollar daromad topgan. Ammo yetakchi brendlar bilan imzolagan reklama shartnomalari unga katta boylik keltirgan. U umrining oxirigacha yiliga 40 million AQSh dollari daromad olgan.
Umumiy mablag‘i 1.35 milliard AQSh dollari.
2. Tayger Vuds
Dunyoning eng badavlat sporchilaridan biri. Golfchi Tayger o‘z faoliyatini 1996 yilda boshlagan va hozirgi kungacha davom ettirmoqda. Sportchi ko‘plab reklamalarda suratga tushadi, golf maydonlari loyihalari ustida ishlaydi.
Umumiy daromadi 2 milliard AQSh dollari.
1. Maykl Jordan
Buyuk basketbolchi Maykl Jordan haqida eshitmagan odam kam bo‘lsa kerak. Hozirgi kunga kelib ham ko‘plab yosh yigitlar uning yutuqlarini takrorlash maqsadida basketbol bilan shug‘ullanadi.
Yorqin faoliyati davomida Maykl MBA tarkibida 15 mavsum o‘tkazdi va umumiy hisobda 93 million AQSh dollari daromad oldi. Shuningdek, o‘z faoliyatini yakunlaganiga qaramasdan, u NIKE kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi asosida yiliga 100 million dollar gonorar oladi.
Jordan Nike kompaniyasi bilan hamkorlikda Jordan brendini yaratdi. Mazkur loyihada birinchi yilning o‘zida 3 milliard AQSh dollari qiymatida mablag‘ yig‘di.
Maykl Jordan faoliyatini 2003 yilda yakunladi. Uning umumiy mablag‘i 2 milliard AQSh dollarni tashkil qiladi.
Bugungi kunda qaysi sportchi eng ko‘p maosh oladi?
Qaysi buyuk sportchilar tarixdagi eng badavlat sportchilar ekanligini bildik. Ammo kelajakda ulardan qaysilari badavlatlar ro‘yxatida qolishi noma’lum. Chunki Forbes jurnali ro‘yxatidagi basketbolchilar va golfchilar o‘rnini Messi (2019 yil – 127 million dollar), Ronaldu (2019 yil – 109 million dollar) va Neymar (2019 yil – 105 million dollar) kabi futbolchilar egallashi mumkin.
Zamonaviy futbolchilar bugun haqiqatda ko‘p maosh oladi. Messining maoshi 95 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Ronaldu reklama shartnomalarining o‘zidan yiliga 44 million dollar mablag‘ topadi.
Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.