Sport xabarlari: fudokan karate-do, erkin kurash, karate kiokushinkay, taekvon-do

Samarqand shahridagi "Afrosiyob" sport majmuasida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan nuroniylar o‘rtasida “Sog‘lom va zavqli hayot uchun!” shiori ostida sog‘lomlashtirish musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa doirasida yurtimiz sportini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh faxriylarga “O‘zbekiston sporti faxriysi” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Fudokan karate-do

Samarqand shahridagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘smirlar o‘rtasida fudokan karate-do bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Unda viloyatimizning qator shahar va tumanlaridan kelgan yosh sportchilar kuch sinashdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Erkin kurash

Toshket viloyati Keles shahrida erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi uchun bahslar bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan 400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Unda viloyatimiz vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Xususan, Toyloq olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchisi Sherzod Poyonov 92 kilogramm vaznda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Taekvon-do
Samarqand shahridagi futbol mahorati maktabida sportning taekvondo-do (ITF) turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Karate kiokushinkay
Samarqand shahrida sportning karate kiokushinkay (IFK) turi bo‘yicha musobaqaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda 120 nafardan ortiq sport ustalari o‘zaro kuch sinashdi.
Yakunda 25 nafar g‘olib aniqlandi. Ularning og‘ir vaznda birinchi o‘rinni egallagan 10 nafariga karate kiokushinkay (IFK) bo‘yicha Osiyo birinchiligida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.