SSV Haj va Umra ziyoratiga yo‘l olayotganlarni koronavirusdan ogohlantirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi safarga yo‘l olgan, Haj va Umra amallarini bajarayotganlar uchun eslatma bilan chiqdi.

— Spirtli nam salfetkalar yordamida qo‘llaringizni tez-tez artib turing, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning yoki qo‘llaringizni sovun bilan yuving.

— Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqindan muloqot va aloqa qilishdan chekining.

— Yuzingizni qo‘l bilan ko‘p ushlamang.

— Yo‘talganda va burningizni qoqqaningizda og‘zingiz bilan burningizga salfetka tuting. Undan keyin salfetkani darhol chiqindiga tashlang va qo‘lingizni yuving.

— Betobligingizni sezsangiz, Siz bilan safarga chiqqan guruh a’zolaringizga bu haqda xabar bering va imkon bo‘lishi bilan shifokorga murojaat qiling.

— Faqat yaxshilab pishirilgan (qaynatilgan yoki qovurilgan) ovqatni iste’mol qiling.

— Jamoat joylarida tupurmang.

— Kasal uy hayvonlari bilan, jumladan, safarlarda yaqin aloqadan yiroq bo‘ling.

— Safaringizdan oldin Sizda shamollash yoki gripp (o‘tkir respirator kasallik) alomatlari kuzatilsa, safarni bekor qiling va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

— Doim og‘iz va burun niqoblaridan foydalanishni va yashash uyingizni toza havo bilan shamollatishni unutmang.