SSV: yurtimizda pandemiya boshlangandan buyon ilk bor sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi

🔴Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafar Samarqand viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.K. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 54 yoshli F.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 218 nafar, Toshkent viloyatida 95 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 8 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, jami 342 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib, yurtimizda 40 774 (+342) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar darddan forig‘ bo‘lib, mamlakatimizda pandemiya boshlangandan buyon birinchi bor sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.

‼️Hozirda mamlakatimizda 2 176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.