Steviya – yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, ateroskleroz, qandli diabetga qarshi samarali vosita
Steviya ko‘p yillik, uncha baland bo‘lmagan subtropik o‘t bo‘lib, astralar yoki murakkab gullilar oilasiga mansub. Uning vatani Janubiy Amerika. Paragvayning baland tog‘liklarida yovvoyi holda o‘sadi. Steviya madaniy ekin sifatida bir yarim ming yildan buyon ma’lum. Steviya bargi uzunchoq, chetlari arratishli, mayda - uzunligi 5 santimetrgacha bo‘ladi. Yoz bo‘yi va kuz boshlanishigacha gullaydi.
O‘simlikning hayratomuz xususiyati shundaki, unda shakar moddasi bor. U shakar tarkibidagi shirinlikdan 350-400 marta ko‘p va boshqa vitaminlarga boy. Steviya yaprog‘idan damlangan choy shakar o‘rnini bosish bilan birga, yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, ateroskleroz, qandli diabetga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Shuningdek, u insulin o‘rnini bosadi, jigar, o‘t ishlab chiqarishni, organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi. Antibakterial xususiyatga ega shakar tishlarning yemirilishiga olib kelsa, Steviya aksincha, milklarni mustahkamlaydi. Tishda kariyes va tosh hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Quritilgan bargi tuyulganda ikki-uch choy qoshiq olinib, 200 ml. qaynoq suvda damlanadi. 10 daqiqada shifobaxsh choy tayyor.
Steviya - yassi va keng tuvakda yaxshi o‘sadi. Uni quyosh nuri tushadigan deraza tokchasida parvarishlash yaxshi hosil beradi. Olimlar uning boshqa foydali xususiyatlarini o‘rganishda davom etishmoqda. Steviyani ochiq dalada ham o‘stirish mumkin.
«Mir novostey» (2020 yil, 45-son) asosida T.ShOMURODOV tayyorladi.