Stiv Jobs: 30 dollarlik soat ham, 300 dollarlik soat ham bir vaqtni ko‘rsatadi

Milliarder Stiv Jobs 56 yil yashadi. U hayot ma’nosi, sevgi ahamiyati va boylik uchun poyganing behudaligi haqida munozaralar qilgan. Uning so‘nggi so‘zlari kishini hayot ma’nosi haqida o‘ylashga majbur qiladi.

“... Men betob bo‘lib yotoqda yotgan ayni paytda, o‘tgan hayotimni ko‘z oldimga keltirib, butun boyliklarim o‘lim oldida ma’nisiz va hech qanday ahamiyatga ega emasligini tushunib yetayapman. Oxir-oqibat, boylik - bu men shunchaki odatlanib qolgan hayotiy haqiqat edi, xolos. 

O‘zingizga yaxshi munosabatda bo‘ling. Boshqalarni hurmat qiling. Kishi yoshi ulg‘aygan sayin donishmanroq bo‘ladi va biz bora-bora tushunib yetamizki, 30 dollar turadigan soat ham, 300 dollarlik soat kabi bir vaqtni ko‘rsatadi. 30 dollar turadigan hamyonni olib yuramizmi yoki 300 dollarlik hamyonga pul solamizmi, ikkalasida ham bir xil miqdorda pul sig‘adi. Biz 150 000 dollarlik avtomashina yoki 300 000 dollarlik transport vositasini haydashimizdan qat’iy nazar, yo‘l va masofa bir xil va manzilimizga bir vaqtda yetib boramiz. Yashayotgan uyimizning kenglik maydoni 300 kvadrat metr yoki 3000 kvadrat metr bo‘lsa-da – biz birday yolg‘izmiz... Haqiqiy ichki baxt bu olamning moddiy narsalaridan kelib chiqmaydi.

Agar samolyot halokatga uchrasa, birinchi klass bilan uchayotgan yo‘lovchilar ekonom-klassda uchayotganlar bilan birga qulaydi.

Alqissa... Do‘stingiz yoki ko‘nglingizdagini aytib yengil tortadigan suhbatdoshingiz bor bo‘lsa, shuning o‘zi haqiqiy BAXT ekanligiga tushunib yetasiz, degan umiddaman!

Farzandlaringizni boy bo‘lish istagida tarbiyalamang. Shunday tarbiya beringki, ular faqat baxtli bo‘lishga intilsin. Shundagina ulg‘aygach, ular narsalarning qiymatini emas, qadrini bilishadi. Bu inkor etib bo‘lmaydigan fakt.

Ovqatni dori-darmon sifatida iste’mol qiling. Aks holda, dorini ovqat ovqat sifatida qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi. 

Sevgan kishingizning hatto 100 foiz sabablari bo‘lsa ham, u hech qachon sizni tark etmaydi. U har doim sizni qat’iyatli bo‘lish uchun hech bo‘lmasa bitta sabab topadi.

Inson bo‘lish bilan insoniy bo‘lish o‘rtasidagi tafovut juda katta. Tez yetmoqchi bo‘lsangiz, yolg‘iz yuring. Mabodo uzoqqa ketmoqni istasangiz – birga boring!”

Bahora tayyorladi.