Sud hujjatlari tili va uslubida qanday  g‘alizliklar bor?

Yuridik matnda huquqiy ko‘rsatmalarning aniq va izchil bayon etilishi, hujjatning har tomonlama mukammal tuzilishi ko‘p ma’nolilik, uslubiy bo‘yoqdorlikdan xoli bo‘lishni taqozo etadi. Sho‘ro davrida barcha normativ-huquqiy hujjatlar singari sud sohasida foydalaniladigan ish qog‘ozlari  ham asosan rus tilida yuritilgan. O‘zbek tilidan aynan so‘zma-so‘z nusxa ko‘chirilgan bo‘lib, u o‘zbek adabiy tilining qonun-qoidalariga mos kelmas edi. Rasmiy uslubdagi juda ko‘p hujjatlar, xususan, sud hujjatchiligi tili rus tilidan sun’iy tarjima bo‘lganligi uchun fikrlar mujmal, g‘aliz rasmiy qoliplar vujudga keldi.

Bu esa hozirda ham ishlatiladigan sud hujjatlari tilini o‘ta sun’iylashtirib yubordi. 

Natijada ba’zi yuridik hujjatlarni bir necha marotaba o‘qigandan keyingina tushunish mumkin.

Rasmiy uslubning grammatik xususiyatlaridan biri fe’lning infinitiv shakli, majhul nisbat formasi, buyruq mayli shakllarining faol ishlatilishidir.  Lekin ularni qo‘llashda adabiy til qonun-qoidalariga to‘liq rioya qilish kerak.

Masalan, fe’lning 3-shaxs buyruq mayli asosan buyurish ma’nosini beradi. Shu ma’noda sudning hal qiluvchi qarorlarida ushbu shaklni qo‘llash o‘rinli. 

Shahnoza Qarshiyeva,

Payariq tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.