Sudyalar oliy kengashining qarori bilan...
Abdurazzoqov Abdusattor Azamatovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tumani sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Ergashev Marat Anvarovich – sudyalik vakolati muddati davriga viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
Oltiboyev Abdihakim Mannonovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati.