Sudyalar oliy maktabi "Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash" kursiga talabgorlar qabul qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi "Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash" kursiga 2022/2023 o‘quv yili uchun (fuqarolik ishlari, jinoyat ishlari, iqtisodiy va ma’muriy ixtisosliklar bo‘yicha) talabgorlar qabul qilinadi.
Tayyorlash kursiga o‘ttiz to‘rt yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Tayyorlash kursi bir yillik o‘quv dasturi bo‘yicha davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.
Talabgorlar Oliy maktabga bevosita yoki elektron shaklda (www.sudyalaroliymaktabi.uz); www.sudya.uz (http://www.sudya.uz/) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
− tayyorlash kursi ixtisosligi nomini ko‘rsatgan holda Oliy maktab direktori nomiga ariza;
− talabgor tomonidan shaxsan to‘ldirilgan so‘rovnoma va tarjimai hol;
− O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilangan namunadagi shaxsiy varaqa (ob’yektivka) va yaqin qarindoshlari (talabgor va uning turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, aka-uka va opa-singillari, shuningdek talabgorning farzandlari) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, shu jumladan elektron shaklda;
− oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (ta’lim yo‘nalishi: yurisprudensiya; ta’lim shifri: 5240100) va uning ilovasi nusxalari;
− talabgorning pasport yoki ID kartasi nusxasi;
− mehnat daftarchasi nusxasi;
− 3.5x4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
− O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yo‘qligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma (086/1 shakl);
- psixiatriya va narkologiya muassasalarida hisobda turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
− xorijiy davlat fuqaroligini olmaganligi yoki xorijiy davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega emasligi to‘g‘risidagi tilxat;
− oxirgi uch yil davomida bajargan ishlari to‘g‘risida ish joyidan ma’lumot-tavsifnoma;
− ish joyidan tavsiyanoma;
− o‘zi va yaqin qarindoshlarining sudlanganlik holati bo‘yicha ma’lumotnoma.
Hujjatlar 2022 yil 15 mayga qadar qabul qilinadi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan tegishli hujjatlar namunalari www.sudyalaroliymaktabi.uz (http://www.sudyalaroliymaktabi.uz/) saytiga joylashtirilgan.
Ma’lumot uchun tel: (998) 555-010-199.
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Qabul komissiyasi
Kanalga ulanish:@sudyalaroliykengashi
E’lon