Sug‘oriladigan yer maydonini 95 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Viloyat IIB jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mahalliy fuqaroning yer resurslarini talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq murojaatiga asosan viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda fuqaro T.R. Urgut tumani hududida joylashgan “R.B.N” fermer xo‘jaligiga qarashli 2,4 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 95 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kelgusida hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan 10 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.