Sulh amalda, AQSh Eronga 30 milliard dollar sarmoya taklif qilmoqchi

Oq uy Eronga uranni boyitishdan voz kechishi evaziga o‘zining fuqarolik yadroviy dasturiga 30 milliard dollar sarmoya taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi CNN.
AQSh pulni mintaqadagi hamkorlar tomonidan taqdim etilishini ma’qul ko‘radi. "AQSh bu muzokaralarni olib borishga tayyor. Kimdir yadroviy dastur qurilishi uchun pul to‘lashi kerak. Ammo biz bu majburiyatni o‘z zimmamizga olmaymiz", dedi Tramp ma’muriyati rasmiysi.
Shuningdek, Eronga uranni yadroviy bomba yaratishga imkon beradigan darajada boyitmagani evaziga sanksiyalarni yumshatish va muzlatilgan 6 milliard dollarlik aktivlarga kirish taklif qilinishi kutilmoqda.
Hozirda yana bir g‘oya ilgari surilgan: Fors ko‘rfazidagi AQSh ittifoqchilari Fordodagi yadroviy inshootni fuqarolik yadroviy dasturiga aylantirish uchun pul tikishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Isroil 13 iyun kuni Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq ob’yektlarga zarba berishni boshladi va 22 iyun kuni Eron yadroviy inshootlariga Amerika bombalari tashlandi.
Bir kun o‘tib, Tramp Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borganini e’lon qildi. 24 iyun kuni Eron va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganliklarini e’lon qildi. Ayni paytda sulh amalda.