"superkontrakt"da necha kishi o‘qiyapti?

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30 foizi (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilishi belgilangan.
Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda:
to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.
68 balldan kam bo‘lmaganlar uchun 10 barobardan ortiq. 
Ayni paytda viloyatimizda oliy ta’lim muassasalarida oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar ham ta’lim olmoqda.
Jumladan, Samarqand davlat universitetida 306 nafar:

1 ballgacha 50 nafar;
1,1 dan 2 ballgacha 51 nafar;
2,1 dan 3 ballgacha 49 nafar; 
3,1 dan 4 ballgacha 37 nafar;
To‘plagan bali 68 balldan kam bo‘lmaganlar 119 nafar. 
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 52 nafar:
1,1 dan 2 ballgacha 22 nafar;
2,1 dan 3 ballgacha 18 nafar; 
To‘plagan bali 68 balldan kam bo‘lmaganlar 12 nafar.
Samarqand davlat chet tillar institutida 213 nafar:
1 ballgacha 17 nafar;
1,1 dan 2 ballgacha 20 nafar;
2,1 dan 3 ballgacha 17 nafar; 
3,1 dan 4 ballgacha 12 nafar;
To‘plagan bali 68 balldan kam bo‘lmaganlar 147 nafar.
Samarqand davlat tibbiyot institutida 96 nafar:
1 balldan 4 ballgacha 50 nafar;
To‘plagan bali 68 balldan kam bo‘lmaganlar 46 nafar.