Suriyadan navbatdagi insonparvarlik aksiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Suriya Arab Respublikasiga tashrif buyurib, ushbu mamlakatda qiyin ahvolga tushib qolgan respublikamiz fuqarolari, ayollar va bolalarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha navbatdagi aksiyaning tashkiliy masalalarini o‘rgandi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Fuqarolarimizni Vatanga qaytarish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bevosita majburiyatidir. Ushbu maqsaddagi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida faqat insonparvarlik tamoyillariga tayaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik aksiyalarini o‘tkazgan. Buning natijasida 220 nafar ayol va bola Yaqin Sharqdagi mojaro hududlaridan yurtimizga qaytarilgan edi.