Suriyalik bolakayning o‘limi haqida film tasvirga olinmoqda

Turkiya qirg‘oqlarida uch yoshli suriyalik bolakayning fojiali halok bo‘lishi voqeasi kino san’ati vakillarining ijodiy ishlari markazida bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Islam-today nashri ma’lum qildi.

Bolakay halok bo‘lganida olingan fotosuratlar butun dunyo aholisining junbushga keltirgan edi. Tasvirga olinayotgan badiiy film syujeti asosida ushbu fojia turgani aytilgan.

Film Bodrum shahrida tasvirga olinishi boshlandi. Film namoyishidan tushgan foyda xayriya ishlariga sarflanishi ma’lum qilingan. Aktyorlar ham gonorar olmasdan filmda suratga tushishmoqda.

Aylan kurdi bilan bog‘liq fojia 2015 yilda sodir bo‘lgan edi.