Suv polosi bo‘yicha chempionatda samarqandliklar 4 pog‘onada

Samarqand shahrida sportning suv polosi turi bo‘yicha 2001-2002 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida olti jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida o‘g‘il bolalar o‘rtasida namanganlik sportchilar jamoasi birinchi va ikkinchi, Toshkent shahar jamoasi uchinchi hamda Samarqand viloyati jamoasi to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahsda Toshkent viloyati jamosi birinchi, Namangan viloyati sportchilari ikkinchi, Toshkent shahar jamoasi uchinchi va xorazmlik sportchilar to‘rtinchi o‘ringa munosib topildi.

Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.