Suv va atrof-muhitni asrashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar uchun xalqaro grant ajratilishi mumkin

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadiqiqotlar institutiga ICARDAning CGIAR (Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha maslahat guruhi) Markaziy va G‘arbiy Osiyo va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Ali Abusaba boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida qurg‘oqchilik, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek qishloq xo‘jaligida innovatsion, ilmiy asoslangan yechimlarni amaliyotga joriy etish hamda kambag‘allikni qisqartirish, iqlim o‘zgarishi ta’sirlarini kamaytirish, oziq-ovqat xavfsizligi, suv va atrof-muhitni asrashga qaratilgan tadqiqotlarni institut hamkorligida bajarish, ushbu yo‘nalishlarga grant ajratish bo‘yicha kelishildi.
Yuqoridagi kelishuvlarni amalga oshirishda Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi yaqindan ko‘mak berishini bildirdi.

Uchrashuv yakunida keyingi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar hamda hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot loyihasini bajarishni keyingi oyda kengaytirilgan tartibda izchil ko‘rib chiqish belgilandi.