Suvga mas’ullar javobgarlikka tortildi

Bunda 2019 yil hosili uchun viloyatdagi 9597 fermer xo‘jaligining 103 ming 930 gektar sug‘oriladigan maydonlariga ekilgan g‘alla parvarishida agrotexnik tadbirlarga qat’iy amal qilish, suvdan oqilona foydalanish, dala boshiga mahalliy o‘g‘it chiqarish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish singari masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida Narpay tuman irrigatsiya bo‘limi muhandis-gidrotexnigi  E.Jo‘raqulov o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan holda “Mashina” kanalidagi taqsimot hisobini to‘g‘ri yuritmaganligi aniqlandi. G‘allani sug‘orish uchun ajratilgan suvni nazoratsiz qoldirganligi sababli unga nisbatan intizomiy  chora qo‘llanildi.

Urgut tumani irrigatsiya bo‘limiga qarashli “Navro‘z” kanali boshlig‘i Sh.Xalilov kanalning suv o‘lchagich uskunasi yo‘qligi sababli g‘alla maydonlarini sug‘orish uchun ajratilgan suvni belgilangan miqdorda bermaganligi uchun unga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi. “Yangi Urgut”  kanali nazoratchisi B.Sheraliyev ham suvni belgilangan me’yordan kam berganligi sababli ma’muriy jazo oldi.

Suvdan foydalanish me’yorlariga amal qilmagan hamda obi hayot isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ygan fermerlarga ham tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Samarqand tumanidagi “Zoxidov Xakim ne’matlari” (S.Zoxidov), “Ohalik sut mahsulotlari” (B.Bekchanov), “Sardorbek agro sahovat” (S.Zokirov), Narpay tumanidagi  “Narpay Nozimjon” (N.Tog‘ayev) fermer xo‘jaliklari rahbarlari g‘allani sug‘orishda e’tiborsizlik  qilgani, g‘alla maydonlari hududidagi ichki ariqlarni tozalamaganligi va suv iste’moli qoidasini buzganligi uchun ularga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Bundan tashqari Narpay tuman Qishloq xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i J.Shukurov, tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i A.Rahimov, “Narpay obi hayot” suv iste’molchilar uyushmasi raisi A.Xatamov, “Agrokimyohimoya” AJ Narpay tuman filiali mudiri G‘.Yangiboyev, “Maroqand neftbaza” MChJ “Zirabuloq” filiali boshlig‘i N.Vafoyev inspeksiyaning Narpay tuman bo‘limi tomonidan sohada bajariladigan ishlar yuzasidan berilgan talablarni bajarmasdan, ma’lumomtlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaganligi uchun ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1973-moddasi bilan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi.

  Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 2 nafar mas’ul shaxs  ogohlantirilib, 1 nafar shaxsga nisbatan intizomiy, 33 nafar shaxsga ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi.

Abduvali XUDOYoROV, inspeksiyaning viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i.