“Suvni asrang!” aksiyasida aholi tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan bir qator kamchiliklar aniqlandi

Bugun viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilgan mazkur aksiyada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, tuman va shahar Kengashlari faollari, ko‘ngilli yoshlar hamda sardorlardan iborat 50 ta otdryadlar tashkil qilindi va Samarqand shahridagi xonadonlarga suvni asrash va uning afzalliklarini o‘zida aks etgan tarqatma va flayerlar tarqatildi.

Kunning birinchi yarmida targ‘ibotchilar tomonidan jami 10 000 dan ortiq xonadonlarga kirildi. Mazkur xonadon egalariga suvni asrash, suv inshootlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish yuzasidan so‘rovlar o‘tkazildi.

Aksiya doirasida ayrim fuqarolarimiz xonadonlaridagi ichimlik suvidan to‘g‘ri foydalanmayotgan, suv jumraglarini sutkalab ochib qo‘ygan va umuman nosoz holatga kelib qolgan holatlar aniqlandi.