Samarqand shahar Namozgoh ko‘chasida suv quvuri yorilgani aniqlandi

"Suvoqova" davlat unitar korxonasi xodimlari va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining ko‘ngilli yoshlaridan tuzilgan otryadlar "Suvni asrang!" shiori ostida o‘tkazilayotgan aksiyada faol ishtirok etish uchun joylarga jo‘nab ketdi.

Ayni vaqtda aksiya ishtirokchilari Samarqand shahar Namozgoh mahallasi Namozgoh ko‘chasida suv quvurining yorilganini aniqladi. Ushbu holatni bartaraf etish uchun 3 ta texnika jalb qilindi.

Shundan so‘ng qo‘shni Furqat mahallasi hududidagi suv quvuridan toshib chiqayotgan suvni to‘xtatish ishlari olib boriladi. Mahalla aholisining aytishicha, 30 yildan beri vaqti-vaqti bilan oqova qudug‘idagi suv toshib tarar ekan.

Bahriddin XONKELDIYeV.