Tabiatni muhofaza qilishda Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilmoqda
Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda belgilangan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi 7 ta moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar tegishliligi belgilanmoqda.
Ushbu ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo qo‘llashga haqli bo‘lgan mansabdor shaxslar, shuningdek, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzishga haqli bo‘lgan ushbu organlar tuzilmalarining mansabdor shaxslari belgilanmoqda.
Shu bilan birga ichki ishlar va milliy gvardiya organlari mansabdor shaxslariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ba’zi huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish vakolati berilmoqda.